BYD kompaniyasi elektr pikaplarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqda

eʼlon qilindi
Avtomobillar yil oxirigacha sotuvga chiqishi kutilmoqda
Foto: BYD

Xitoyning eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi BYD joriy yil oxirida jahon bozorida oʻzining birinchi elektr pikapini chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CNBC nashri xabar bermoqda.

Bunga jahon bozorida elektromobillarga talab kamayib borayotgani, shuningdek, yil boshida Ford kompaniyasi F-150 Lightning elektr pikaplarini ishlab chiqarishni qisqartirgani sabab boʻldi.

Hozircha Kompaniya yangi elektromobilning narxini maʼlum qilganigacha yoʻq. Pikap jahon bozori uchun ishlab chiqiladi, lekin kompaniya oʻz mahsulotlarini bunday avtomobillar uchun eng ommabop bozor AQShda sotmasligini maʼlum qildi.

Pikap BYD kompaniyasining $10 ming dollardan kamroq narxda sotiladigan mashhur Seagull tortib, $233 ming Yangwang superkarigacha boʻlgan keng assortimentga qoʻshiladi.

Maʼlumot uchun, 2024-yilning birinchi choragida BYD 300 mingdan sal koʻproq elektromobil sotgan. Bu esa kompaniyaning bir chorakda avtomobil yetkazib berish hajmi 42 foizga kamayganini koʻrsatadi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda elektromobillar narxi oshayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek