Janubiy Koreyada Oʻzbekiston savdo uyi roʻyxatdan oʻtkazildi

eʼlon qilindi
Lohiya ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Janubiy Koreyada O‘zbekiston respublikasining birinchi savdo uyi ro‘yxatdan o‘tkazildi.  Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

Savdo uyida koʻrgazma zali ochilishi kutilmoqda. Unda Oʻzbekiston korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar – oziq-ovqat, meva-sabzavot, toʻqimachilik, kulolchilik va zargarlik buyumlari namoyish etilishi rejalashtirilgan.

loyiha ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va Oʻzbekiston mahsulotlarini Janubiy Koreyada ommalashtirishga qaratilgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $368,8 million yetgan. Taqqoslash uchun, oʻtgan yilning mos davriga nisbatdan $308 millionga ortganini koʻrish mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Janubiy Koreya investorlari Toshkentda qiymati $160 millionlik klinika qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek