Janubiy Koreyada O‘zbekiston respublikasining birinchi savdo uyi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.
Savdo uyida koʻrgazma zali ochilishi kutilmoqda. Unda Oʻzbekiston korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar – oziq-ovqat, meva-sabzavot, toʻqimachilik, kulolchilik va zargarlik buyumlari namoyish etilishi rejalashtirilgan.
loyiha ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va Oʻzbekiston mahsulotlarini Janubiy Koreyada ommalashtirishga qaratilgan.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $368,8 million yetgan. Taqqoslash uchun, oʻtgan yilning mos davriga nisbatdan $308 millionga ortganini koʻrish mumkin.
Avvalroq «Kursiv» Janubiy Koreya investorlari Toshkentda qiymati $160 millionlik klinika qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.