Oʻzbekiston bilan chegaradagi “Oq-Qiya avtoyoʻl” nazorat-oʻtkazish punkti vaqtincha yopiladi

eʼlon qilindi
6-aprel, shanba kuni
Foto: «Kabar»

Oʻzbekiston bilan chegaradagi «Oq-Qiya avtoyoʻl» nazorat-oʻtkazish punkti 6-aprel kuni vaqtincha yopiladi. Bu haqda Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi chegara xizmati xabar bermoqda.

Oʻtkazish punktida rejalashtirilgan texnik ishlar munosabati bilan soat 12:00 dan 16:00 gacha odamlar va avtomashinalar qatnovi toʻxtatadi.

Maʼlumot uchun, «Oq-Qiya avtoyoʻl» nazorat-oʻtkazish punkti Botken viloyatidagi Qirgʻiziston-Oʻzbekiston davlat chegarasida joylashgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasidagi nazorat-oʻtkazish punktining oʻtkazish hajmi uch baravar oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek