Oʻzbekiston bilan chegaradagi «Oq-Qiya avtoyoʻl» nazorat-oʻtkazish punkti 6-aprel kuni vaqtincha yopiladi. Bu haqda Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi chegara xizmati xabar bermoqda.
Oʻtkazish punktida rejalashtirilgan texnik ishlar munosabati bilan soat 12:00 dan 16:00 gacha odamlar va avtomashinalar qatnovi toʻxtatadi.
Maʼlumot uchun, «Oq-Qiya avtoyoʻl» nazorat-oʻtkazish punkti Botken viloyatidagi Qirgʻiziston-Oʻzbekiston davlat chegarasida joylashgan.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasidagi nazorat-oʻtkazish punktining oʻtkazish hajmi uch baravar oshgani haqida xabar bergan edi.