O‘zbekistonda banan importi qanchaga oshdi

eʼlon qilindi
Respublika Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: Piqsels

2024-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 60 ming tonnaga yaqin banan import qilingan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,7 ming tonnaga ko‘pdir, deya xabar berdi mamlakat Statistika agentligi.

Joriy yilda import qilingan bananlarning umumiy qiymati 50,8 million dollarni tashkil etdi. Eksport qiluvchilar qatoriga sakkiz davlat kirdi.

Respublika eng katta hajmdagi bananlarni Ekvadordan import qilgan (56 ming tonna).

Avvalroq «Kursiv» 2024-yil yanvarida O‘zbekiston 75,4 million dollarlik sabzavot va meva eksport qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek