O‘zgidromet sel va suv toshqinlari ehtimoli haqida ogohlantirdi

eʼlon qilindi
5-apreldan 7-aprelgacha tog'li hududlarda yog'ingarchilik kutilmoqda
Foto: Pixabay

5—7-aprel, jumadan yakshanbaga qadar O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel va suv toshqinlari sodir etishi mumkin. Buning sababi — kuchli yomg‘ir, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Sel oqimi xavfi Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining tog‘li hududlarida yuqori.

O‘zgidromet mazkur hududlar aholisi va mehmonlarini ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Avvalroq «Kursiv» qo‘shni Qozog‘istondagi suv toshqinlari haqida yozgan edi.

Shuningdek