Raqamli transformatsiya: elektron tizim Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi savdo yo‘llarini qanday o‘zgartiradi

eʼlon qilindi
Savdoni osonlashtirish kutilayotgan muammolarni yumshatishi mumkin
Rasm: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Osiyo-Tinch okeani mintasi (ESCAP) transchegaraviy qog’ozsiz savdoda muammolarga duch kelishmoqda. Ammo raqamli tizim savdo xarajatlarini 11 foizga kamaytirishi mumkin, BMTning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) yangi hisobotida shunday deyildi.

ESCAP, OTB hamda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamkorligida Samarqand shahrida tashkil etilgan besh kunlik konferensiyada 30 mamlakatdan 250 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Joriy yilda Forum mintaqada barqaror ta’minot zanjirlarini ta’minlash uchun raqamli texnologiyalardan foydalanishga, jumladan transchegaraviy elektron tijorat, transport va savdo barqarorligiga ahamiyat qaratildi.

«Savdo jarayonlarini tartibga solish va raqamlashtirish nafaqat savdoni yanada inklyuziv qilish, balki uning atrof-muhitga potentsial salbiy ta’sirini kamaytirish uchun yechim ekanligi haqida koʻplab dalillar mavjud»- dedi BMT Bosh kotibi oʻrinbosari va ESCAP Ijrochi kotibi Armida Salsia Alisjabana.

Savdo tizimini osonlashtirish va ekologik toza ta’minot zanjirlarini ta’minlashda asosiy rol o’ynaydi. Bunga bojxona tartib-qoidalarini takomillashtirish va shaffoflikni oshirish kiradi, bu chegarada kutish vaqtlarini qisqartirishga va barqaror yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.

«So‘nggi yillarda biz iqtisodiyotni liberallashtirish va jahon bozorlariga dadillik bilan chiqish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdik. Shuningdek, biz mintaqa davlatlari bilan milliy litsenziyalash axborot tizimlarini integratsiyalashuvini ta’minlash va ularning elektron versiyalarini tan olish orqali qog‘oz hujjatlardan voz kechishni ta’minlash bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmalarini tezlashtirish va litsenziyalash tartib-qoidalarini soddalashtirishga intilamiz».- dedi O‘zR investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda elektron hukumat markazi paydo bo‘lishi mumkinligini e’lon qilgan edi.

Shuningdek