Tibbiyot muassasalariga “Dori-darmon”dan 166 milliard so‘mlik dori vositalari yetkazib berildi

eʼlon qilindi
2023 yil davomida
Foto: Piqsels

2023-yilda «Dori-darmon» tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqaruvidagi tibbiyot muassasalariga 166 milliard so‘mlik dori vositalari yetkazib berildi. Bu haqda kompaniya raisi o‘rinbosari Abdug‘ani Kamilov ma’lum qildi.

Harbiy gospitallarga yetkazib berilgan dorilar hajmi 7 milliard soʻmni, qishloq tibbiyot muassasalariga esa 78,4 milliard soʻmni tashkil qildi.

Bundan tashqari, ko‘chma dorixonalar yordamida borish qiyin bo‘lgan hududlarga 3,1 milliard so‘mlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari yetkazib berildi.

Avvalroq «Kursiv» raqamli markirovkalash joriy etilgunga qadar O‘zbekistonda dori vositalarining qariyb 50 foizi noqonuniy ravishda sotilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek