Utair aviakompaniyasi Tyumendan Samarqandga reyslarni yoʻlga qoʻydi

eʼlon qilindi
Chiptalar narxi $128 boshlanadi
Foto: Utair

Rossiyaning Utair aviakompaniyasi 30-apreldan boshlab Tyumendan Samarqandga toʻgʻridan toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyadi, deya xabar bermoqda Air Marakanda matbuot xizmati.

Parvozlar haftada bir marta dushanba kunlari amalga oshiriladi. Chiptalar narxi bir tomonga $128 dan boshlanadi.

Air Marakanda chiptalarni aviakompaniya veb-sayti yoki Samarqand aeroporti kassalarida xarid qilish mumkinligini eslatdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Airways Olmaota va Ostonaga qatnovlarni koʻpaytirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek