Rossiyaning Utair aviakompaniyasi 30-apreldan boshlab Tyumendan Samarqandga toʻgʻridan toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyadi, deya xabar bermoqda Air Marakanda matbuot xizmati.
Parvozlar haftada bir marta dushanba kunlari amalga oshiriladi. Chiptalar narxi bir tomonga $128 dan boshlanadi.
Air Marakanda chiptalarni aviakompaniya veb-sayti yoki Samarqand aeroporti kassalarida xarid qilish mumkinligini eslatdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Airways Olmaota va Ostonaga qatnovlarni koʻpaytirgani haqida xabar bergan edi.