Yangiliklar

Madad Invest Bank boshqaruv raisini o‘zgartirishga qaror qildi

Yangi rahbar etib Ulug‘bek Tavakkalov tasdiqlandi
Suratda Ulug‘bek Tavakkalov

Madad invest bank aksiyadorlari yig‘ilishida Ulug‘bek Tavakkalovni boshqaruv raisi etib tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. U bu maʼlumotni «Kursiv» bilan suhbatda tasdiqladi.

«Bugun aksiyadorlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, ular mening nomzodimni ma’qullashdi va bankning 2024–2027-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini qabul qilishdi», — dedi u.

Hozir Madad Invest O‘zR’dagi katta bank hisoblanmaydi. 2024-yil 1-mart holatiga ko‘ra aktivlari bo‘yicha  moliyaviy tashkilot 32-o‘rinni egalladi. Kredit portfeli 286 mlrd so‘mga teng.

Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek Tavakkalov bungacha Qozog‘iston Halyk kompaniyasining sho‘ba korxonasi hisoblangan Tenge Bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Avvalroq «Kursiv» Tenge Bank ham boshqaruv raisini o‘zgartirganini yozgan edi. Talgat Ayupov o‘rniga bu lavozimni Beybit Faleev egallaydi.