“Tashabbusli budjet”ga ovoz berishda 2,8 mingga yaqin loyiha g‘olib chiqdi – video

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Loyihalarni amalga oshirish uchun 3,3 trln soʻm yoʻnaltiriladi
Фото: golib.tolibov.gmail.com/Depositphotos

 «Tashabbusli budjet»ga ovoz berishda g‘alaba qozongan loyihalar ma’lum bo‘ldi, deb xabar qildi O‘zR Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Eng ko‘p ovoz 2254 ta mahalladagi 2770 ta loyiha tomonidan to‘plangan. Ularni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetlardan 3,3 trln so‘m ajratiladi. G‘oliblarning to‘liq ro‘yxati openbudget.uz saytida e’lon qilingan.

Ovoz berishda respublikaning 11,7 mln fuqarosi ishtirok etdi.

O‘zR’ning birgina (Qiziltepa)  tumanida hali g‘oliblar aniqlanmagan. Ushbu loyihalar majburiy ovoz berish bilan bog‘liq hodisa  bo‘yicha ish yuzasidan so‘ng ma’lum bo‘ladi, deya aniqlik kiritdi vazirlik.

Eslatib o‘tamiz, «Tashabbusli budjet» 2021-yilda ishga tushirilgan. Dastur fuqarolarga infratuzilmani yaxshilash bo’yicha tashabbuslarni taklif qilish imkonini beradi. Bunday tashabus bolalar maydonchalari, yo’llarni ta’mirlash, maktablar va bolalar bog’chalari qurilishiga tegishli bo’lishi mumkin.

Shuningdek