Toshkentda bir «buxanka» non 2800 soʻmdan 3000 soʻmga qimmatlashdi (+7,14foiz). Aprel oyidan boshlab poytaxt doʻkonlarida yangi chakana narxlar amalda.
Toshkentda boʻlka non narxi oxirgi marta deyarli ikki yil avval — 2022-yil 1-iyundan koʻtarilgan edi. Keyin narxi 1600 soʻmdan 2800 soʻmga koʻtarildi.
Mart oyida OʻzR Statistika agentligining maʼlum qilishicha, yil davomida Oʻzbekistonda un narxi 1,1 foizga oshdi.
Avvalroq Kursiv poytaxt aholisi har kuni uch tonnagacha non tashlab yuborishini yozgan edi.