Boeing kompaniyasi yana muammolarga duch kelmoqda

eʼlon qilindi
Amerika regulyatori kompaniyaga nisbatan tergov boshladi
Foto: wolterke / www.depositphotos.com

Southwest Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 samolyotining parvoz paytida dvigateli chiqib ketdi. AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) hodisa yuzasidan tekshiruv ishlarini boshladi. Bu haqda Reuters nashri xabar bermoqda.

Hodisa vaqtida hech kim jabrlanmadi, lekin samolyot yoʻlovchilarni belgilangan aeroportga rejalashtirilganidan uch soat kechikibroq yetkazib bordi.

Bu Boeing kompaniyasi uchun 2024-yildagi birinchi muammoli voqea emas. Yanvar oyi boshida Alaska Airlines kompaniyasiga qarashli 737 MAX 9 samolyoti parvoz paytida korpusining bir qismi uzib tushgan edi. Ushbu hodisa Boeing ishlab chiqarishining bir qismining bir muddat toʻxtatib qolishiga olib kelgan edi.

Avvalroq kompaniyaning bosh ijrochi direktori Deyv Kalxun «parvoz xavfsizligi inqirozi» tufayli isteʼfoga chiqishga qaror qilgan edi.

Shuningdek