Yangiliklar

Endilikda IIB navbatchilik qismlariga olib kelingan fuqarolar alkotesterda tekshiriladi

Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori imzolandi
Foto: Monartfoto / depositphotos.com

Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlarida alkotester yordamida shaxslarning aklogol isteʼmol qilganligini aniqlash tartibi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori imzolandi.

Endilikda huquqbuzarlikning sababini aniqlash uchun ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga olib kelingan shaxslar alkogol isteʼmolini aniqlash uchun alkotesterda tekshiriladi.

Boshqa hollarda shaxslarni alkotesterda tekshirish taqiqlanadi. Yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan transport vositalari haydovchilarini alkagol ichimlik isteʼmol qilganligini aniqlash bundan mustasnodir.

Avvalroq «Kursiv» Jizzaxda 3,5 ming shishadan ortiq qalbaki alkogol mahsulotlar musodara qilingani haqida xabar bergan edi.