«Toshkent» Respublika fond birjasi (RFB) yuqori likvidli aksiyalar ro‘yxatini yangiladi. Etakchi guruhga endi 28 ta oʻrniga 22 ta qimmatli qogʻoz kiradi. Ularning qiymati hafta davomida qanday oʻzgargani haqida «Kursiv» maqolasida oʻqing.
Yuqori likvidlilar roʻyxatidan «Oʻzbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatining imtiyozli qimmatli qogʻozlari, UzAuto Motors, «Dori-Darmon» va boshqalarning oddiy aksiyalari chiqdi. Endi ular o’rtacha likvidli hisoblanadi. «Aloqabank» va «Bekobodsement» aksiyalari eng yuqori toifaga kirdi.
RFB har oyning natijalariga ko’ra likvidlik darajasini baholaydi. Yangi roʻyxat mart oyidagi savdolar natijalariga koʻra taqdim etildi. Hisob-kitoblarda bitimlar hajmi va soni, qimmatli qog’ozlar savdosida qatnashgan birja a’zolari soni, shuningdek, kompaniya aksiyalari bilan bir oyda necha kun davomida oldi-sotdi bitimlari amalga oshirilganligi hisobga olinadi.
Nisbiy ko’rinishda eng sezilarli o’sishni «Aloqabank»ning imtiyozli aksiyalari (+6,12%) ko’rsatdi. Ikkinchi oʻrinda Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi (+3,5%). Yashil zonadan qolgan qimmatli qog’ozlar 2 foizdan kam o’sdi.
«Bekobodsement» aksiyalari yuqori likvidli aksiyalar qatoriga kirgan bo’lsada, ushbu toifadagi emitentlar orasida eng sezilarli pasayish kuzatildi (-26,13%).
«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining oddiy aksiyalari bir hafta avvalgi darajada to‘xtadi. Avvalroq «Kursiv» emitentning qimmatli qog‘ozlari mart oyining so‘nggi kunlarida 10,26 foizga tushib ketganini yozgan edi.