Toshkentda eng ko‘p shikoyatlar erkaklardan kelib tushdi

eʼlon qilindi
Ulardan qabul qilingan shikoyatlar hajmi 70 foizdan ortiqni tashkil qildi
Foto: falco / Pixabay

5 aprel holatiga ko‘ra «Xalq Nazorati» portaliga 12,6 mingta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 72,5 foizi erkaklarga to‘g‘ri keldi, deya xabar berdi poytaxt hokimligi.

Shikoyatlarning aksariyati 35-44 yoshdagi shahar aholisi tomonidan yuborilgan, bu barcha shikoyatlarning 45,5 foizini tashkil qiladi.

Poytaxt aholisini, asosan, uy-joy kommunal xo‘jaligi, yo‘llar va transport masalalari bo‘yicha shikoyat qilishdi.

Poytaxtning eng muammoli tumanlari Bektemir, Sergeli va Yakkasaroy ekanligi ma’lum bo‘ldi. Mirobod, Uchtepa va Chilonzor tumanlari aholisi eng kam shikoyat qilgan.

Avvalroq «Kursiv» mart oyi o‘rtalarida Uchtepa Toshkentning eng obod tumani deb tan olingani haqida yozgan edi.

Shuningdek