“O‘zmetkombinat” ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish niyatida

eʼlon qilindi
Yil oxirigacha majmualardan birini ishga tushirishmoqchi
Rasm: GMK Centr

 «O‘zmetkombinat» ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha bir qancha loyihalar ustida ishlamoqda, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

2024-yilda kompaniya quyma-prokat majmuasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Uskunalarni o‘rnatish ishlari 58 foizga, montaj-qurilish ishlari 70 foizga bajarildi.

Bundan tashqari, kompaniya 1946-yilda foydalanishga topshirilgan zoldir prokat bo’linmasini modernizatsiya qilmoqda. Yangi agregatlarni o‘rnatish uchun eskirgan uskunalarni demontaj qilish ishlari olib borilmoqda.

Birinchi bosqichda maydalovchi zoldirlarni ishlab chiqarilishi 250 ming tonnadan 400 ming tonnagacha oshishi kutilmoqda. Ikkinchi bosqichda esa bu ko‘rsatkichni 500 ming tonnaga yetkazmoqchi.

2023-yil yakuni bo‘yicha «O‘zmetkombinat» aksiyadorlik jamiyatining foydasi 507,9 mlrd so‘mga yetdi. Bu 2022-yilga nisbatan 55,9 foizga kam. Yil davomida tushum 8,3 trillion so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv» Fitch O‘zmetkombinat reytingini «barqaror»dan «salbiy»ga qayta ko‘rib chiqqani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek