Qamchiq dovonini qalin tuman qopladi

eʼlon qilindi
Yo‘lning ko'rinishi 25 metrgacha kamaydi
Foto: O‘zbekiston Respublikasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

9-aprel, seshanba kuni Qamchiq tog‘ dovonini qalin tuman qopladi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

YHXX maʼlumotlariga koʻra, dovon hududida yomgʻir yogʻmoqda, yo‘lning ko’rinishi 25 metrgacha qisqargan. YHXX haydovchilardan tezlikni pasaytirib, yoʻl harakati qoidalarini buzmaslikga chaqirdi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentda 9 aprel kuni kuchli shamol va yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek