Toshkent to‘qqiz balllik tirbandlik qayd etildi

eʼlon qilindi
«Yandex xaritalari»ga ko'ra
Foto: Piqsels

9-aprel, seshanba kuni Toshkentda to‘qqiz balllik tirbandlik qayd etildi, deb xabar bermoqda «Yandex Xaritalar» xizmati.

«Dombrabod» qabristoni, «Chilonzor», «Olmazor» va «Mirzo-Ulugʻbek» metro bekatlari yaqinida avtomobillar harakati sezilarli darajada qiyinlashgan.

Eng koʻp avtomashinalar Toshkentdan joʻnab ketish yo‘lida — «Erkin» nazorat-oʻtkazish punktida qayd etilgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda Ramazon Hayiti kunlari masjidlar yaqinida avtomobillar harakati cheklanishi haqida yozgan edi.

Shuningdek