Toshkentda yuk mashinalarining harakati bir sutkaga cheklanadi

eʼlon qilindi
9-aprel soat 17:00 dan 10-aprel 17:00 gacha
Foto: PhaisarnWong / depositphotos.com

Toshkentda Ramazon hayiti munosabati bilan yuk mashinalari harakatiga bir sutkaga cheklov qoʻyildi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, poytaxtda xavfsizlik choralarini koʻrish maqsadida joriy yilning 9-aprel kuni soat 17:00 dan 10-aprel soat 17:00 gacha Toshkent shahriga yuk avtomashinalarining kirishi va shaharda harakatlanishi toʻliq cheklanadi.

Avariya-qutqaruv xizmatlari mashinalari va maxsus transport vositalari bundan mustasno.

Avvalroq «Kursiv» 10-aprel kuni ertalab Toshkentda avtobus va metro bepul bo‘lishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek