
Toshkentda Ramazon hayiti munosabati bilan yuk mashinalari harakatiga bir sutkaga cheklov qoʻyildi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, poytaxtda xavfsizlik choralarini koʻrish maqsadida joriy yilning 9-aprel kuni soat 17:00 dan 10-aprel soat 17:00 gacha Toshkent shahriga yuk avtomashinalarining kirishi va shaharda harakatlanishi toʻliq cheklanadi.
Avariya-qutqaruv xizmatlari mashinalari va maxsus transport vositalari bundan mustasno.
Avvalroq «Kursiv» 10-aprel kuni ertalab Toshkentda avtobus va metro bepul bo‘lishi haqida xabar bergan edi.