O‘zbekistonda ilk bor mudofaa sanoati ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

eʼlon qilindi
Poytaxtdagi G'alaba bog'ida
Foto: Uzbekistan Travel

«Texnofest-2024» mudofaa sanoati koʻrgazmasi Oʻzbekistonda ilk bor boʻlib oʻtadi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Tadbir 2-4 may kunlari poytaxtdagi G‘alaba bog‘ida bo‘lib o‘tadi. Ko’rgazmada harbiy va fuqarolik mahsulotlari namoyish etiladi. Unda metallurgiya, kimyo va to‘qimachilik sanoati korxonalari ham ishtirok etadi.

Technofest 2024 doirasida robototexnika va modellashtirish texnologiyalari bo‘yicha ishtirokchilar o‘rtasida tanlovlar o‘tkaziladi.

Ko‘rgazmada oziq-ovqat mahsulotlari taqdimoti ham o‘tkaziladi. Ushbu sohadagi eng yaxshi korxona Mudofaa mahsulotlari agentligi bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda harbiy soha raqamlashtirilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek