2024-yilning dastlabki ikki oyida Oʻzbekistonga qiymati $58,5 mln boʻlgan yuk avtomobillari import qilindi

eʼlon qilindi
Umumiy hisobda 5058 dona yuk avtomobillari import qilingan
Foto: Unsplash

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonga 16 ta xorijiy davlatlardan qiymati $58,5 mln teng boʻlgan 5 058 ta yuk avtomobillari import qilingan. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.

Unga koʻra, Oʻzbekistonga 2 oyda yuk avtomobillarini eng koʻp import import qilgan davlatlar orasida Xitoy 4420 dona bilan yetakchilik qildi. Shuningdek, Koreyadan 503 dona, Rossiyadan 46 dona, Polshadan 38 dona, Germaniyadan 12 dona yuk mashinalari ham import qilingan.

Yuk avtomobillari importi oʻtgan yilning mos davriga nisbatdan 39 donaga kamaygan.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda nazoratdan oʻtkazilgan 762 855 yuk avtomobillarining 1909 tasi ortiqcha yuk bilan harakatlangani haqida xabar boʻlgan edi.

Shuningdek