IT Park rezidentlari 37 ta eksport qiluvchi kompaniyaga koʻpaydi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Mart oyida
Foto: Prezident matbuot xizmati

Mart oyida eksportga yoʻnaltirilgan 37 ta yangi kompaniya IT Park rezidenti boʻldi. Ular orasida xorijiy kapital ishtirokidagi 19 ta kompaniya bor.

Kompaniyalar orasida Yaponiyaning kompyuter oʻyinlari ishlab chiqishga ixtisoslashgan «TOYBEEZ» MCHJ va dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, ularga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan «H AND K GROUP» MCHJ kompaniyalari bor.

Mart oyining yangi rezidentlari xorijiy mamlakatlarga $10 million ortiq mahsulot va xizmatlarni eksport qilishni rejalashtirmoqda. Faoliyat yoʻnalishlari orasida: IT va BPO xizmatlari, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, dizayn va multimedia bor.

Asosiy eksport bozorlari AQSH, Yevropa davlatlari, Estoniya, BAA, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va MDH davlatlari boʻladi.

Taqdim etilgan biznes-rejaga koʻra, 19 ta yangi xorijiy korxona 1150 dan ortiq ish oʻrni yaratishni rejalashtirgan.

Avvalroq Oʻzbekistonda 1-martdan «Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi» dasturi joriy etilishi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek