Oʻzbekiston iqtisodiyotining oʻsishi 2024-yilda sekinlashadi — OTB

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
2025-yilda esa biroz oʻsishi kutilmoqda
Foto: «Kursiv»

Oʻzbekistonda 2024-yilda iqtisodiy oʻsish sekinlashishi, 2025-yilda esa bu koʻrsatkich biroz oʻsishi kutilmoqda. Bu tartibga solinadigan narxlarning oshishi uy xoʻjaliklarining real daromadlarining oʻsishini cheklab, talabni kamaytirish sababli sodir boʻladi. Bu haqda Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) «Osiyo–Tinch okeani mintaqasi uchun iqtisodiy prognozlar: 2024-yil aprel» nomli yangi hisobotida maʼlum qilindi.

Ayniqsa xizmatlar va qishloq xoʻjaligi sohasida oʻsish surʼatining sekinlashishi kutilmoqda, sababi tartibga solinadigan narxlarning oshishi real ichki talabning oʻsishini cheklaydi. Hisobotda 2024-yilda u 5,5 foizgacha sekinlashishi, 2025-yilda esa sanoatning oʻsishi fonida 5,6 foizgacha koʻtarilishi keltiriladi.

OTB tahlilchilari oʻtgan yili sanoat va qishloq xoʻjaligining oʻsishi hisobiga iqtisodiy oʻsish tezlashganini taʼkidlamoqda. Qattiq pul-kredit siyosati va asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga soliq imtiyozlarining davom etishi tufayli inflyatsiya sekinlashgan.

Shuningdek, inflyatsiya yuqoriligicha qoladi, chunki energetika sohasidagi tarkibiy islohotlar pul-kredit siyosatining davom etishiga qaramay, tartibga solinadigan narxlarning oshishiga olib keladi.

Umuman olganda, ekspertlar joriy yilda rivojlanayotgan Osiyo mamlakatlarida iqtisodiy oʻsish barqaror boʻlinishini taʼkidladi. Bu koʻpgina mamlakatlarda foiz stavkalarining koʻtarilish davrlarini tugatish, shuningdek, tovar eksportini davom ettirish bilan qoʻllab-quvvatlanadi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonga kiritilayotgan xorijiy sarmoya hajmi 16 foizga qisqargani haqida xabar qilgan edi.

Shuningdek