Tesla Hindistonda avtomobil ishlab chiqarishga $2 milliard investitsiya kiritmoqchi

eʼlon qilindi
Zavod Arab dengizida joylashgan Maxarashtra shtatida quriladi
Foto: Piqsels

Amerikaning Tesla kompaniyasi Reliance Industries bilan Hindistonda avtomobil ishlab chiqaradigan qoʻshma korxona qoʻrish boʻyicha muzokaralar oʻtkazmoqda. Bu haqda The Hindu Business Line manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Manba qayd etishicha, muzokaralar dastlabki bosqichda va oxirgi bir oydan beri davom etmoqda.

Sarmoya taxminan $2 milliard tashkil qiladi. zavod Arab dengizi sohilida joylashgan Maxarashtra shtatida qurilishi mumkin, bu esa avtomobillar eksportini osonlashtiradi.

Maʼlumot uchun, Tesla aksiyalari chorshanbadan oldingi savdolarda 0,5 foizga oshdi. Yil boshidan beri kompaniya kapitallashuvi 29 foizga tushib, $550,9 milliard tashkil qildi.

Avvalroq «Kursiv» Tesla yangi avlod avtomobilini yaratishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek