Toshkentdagi bozorda yongʻin sodir boʻldi

eʼlon qilindi
Yong‘in oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yoʻqligi aytilmoqda.
Foto: Denis Morgunov / RIA URA.RU

Kecha, 10 aprel kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan bozorda yongʻin boʻldi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Yashnobod tumani «Yangiqoʻrgʻon» MFY, Tolariq koʻchasida joylashgan ochiq pavilyon tarzida jihozlangan savdo rastasida 30 kvadrat metr maydondagi eski buyumlar yongan.

Toshkent shahar FVBga 22:55 da xabar kelib tushib, aytilgan manzilga yongʻin qutqaruv boʻlinmalari soat 23:00 da yetib borgan va soat 23:09 da yongʻin o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yoʻqligi aytilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Sergeli tumani Xonobod koʻchasida joylashgan mahalliy korxona hududida qurilish chiqindilarining yonishi oqibatida yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek