Oʻzbekiston va Belarus qoʻshma korxonalar tashkil etadi

eʼlon qilindi
Tomonlar tovar ayirboshlash hajmini $1 milliardgacha oshirmoqchi
Foto: AleksTaurus / www.depositphotos.com

11-aprel kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Minskda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi.

Belarus hukumati Oʻzbekiston bilan, xususan, BelAZga o‘xshashagan qoʻshma korxonalar yaratishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

«Biz kelishib olgan qoʻshma korxonalarni yaratishga alohida eʼtibor qaratishingizni soʻrayman. BelAZ va shu yoʻnalishdagi boshqa loyihalarda jiddiy ishlaylik. Biz bundan manfaatdormiz», — dedi Lukashenko Saidov bilan uchrashuvda.

Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, mamlakatlar oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini $1 milliardgacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Lukashenkoning Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek