“Humo Arena”da xokkey boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi taqdimoti boʻlib oʻtdi

eʼlon qilindi
Marosim Osiyo va Okeaniya kubogi oldidan boʻlib oʻtdi
Foto: Humo Arena

«Humo Arena» muz saroyida xokkey boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Marosim Osiyo va Okeaniya kubogi oldidan boʻlib oʻtdi.

Taqdimot marosimida yigʻilganlar terma jamoa tarkibi bilan shaxsan tanishish va terma jamoa bosh murabbiyi Abdumadjid Nosirovning tabrik soʻzini eshitish imkoniga ega boʻldi. Jamoamiz vakillari barcha xokkey ishqibozlarini jamoamizni qoʻllab-quvvatlashga va turnirda ishtirok etuvchi jamoalar oʻrtasidagi qiziqarli uchrashuvlarning guvoh boʻlishga taklif qildi.

Foto: Humo Arena

Maʼlumot uchun, Osiyo va Okeaniya kubogi 23–30-aprel kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida boʻlib oʻtadi. Vakillarimiz musobaqaning amaldagi gʻolibi sifatida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Musobaqaning ochilish oʻyini 23-aprel kuni «Humo Arena»da boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston termaga jamoasi Eron bilan kuch sinashadi.

Avvalroq «Kursiv» Ulan-Batorda oʻtkazilgan o‘tgan yilgi musobaqada vakillarimiz gʻoliblikni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek