Qozogʻistonda xorijliklar uchun benzin narxi oshiriladi

eʼlon qilindi
Bu haqda Qozogʻiston Energetika vazirligi xabar berdi
Foto: Unsplash

Qozogʻiston hukumati ichki bozorda yoqilgʻi balansini saqlash maqsadida 92 va 93 markali benzin va dizel yonilgʻisining narxini xorijliklar uchun oshirmoqchi. Bu haqda Qozogʻiston Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Qozogʻiston mintaqadagi yonilgʻi materiallarining narxi eng past boʻlgan mamlakat qaroriga kiradi. Bu esa neft mahsulotlarining boshqa mamlakatlarga tarqalishi va «kulrang» eksport xavfini keltirib chiqarmoqda.

Unga koʻra, hujjat loyihasida 92 va 93 markali benzin narxi xorijliklar uchun 205 tengedan 245 tengegacha (5811 soʻmdan 6945 soʻmga), dizel yonilgʻisi narxi 295 tengedan 315 tengegacha (8363 soʻmdan 8930 soʻmgacha) oshirilishi koʻzda tutilgan.

Vazirlik maʼlumotiga koʻra, mamlakat fuqarolari uchun narxlar oʻzgarishsiz qoladi.

Avvalroq «Kursiv» «Gazprom» Oʻzbekistonga yetkazib berilayotgan gazdan qancha daromad olishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek