Qarshi ko‘chalarida lavanda va xrizantema ekiladi

eʼlon qilindi
Karimov ko‘chasi va Mustaqillik shoh ko‘chasi bo‘ylab
Rasm: AlexGukBO / www.depositphotos.com

Qarshi shahridagi Islom Karimov ko‘chasi va Mustaqillik shoh ko‘chasi bo‘ylab lavanda, xrizantema va 20 ming tup atirgul ko‘chatlari ekiladi, deb xabar beradi shahar hokimligi.

Parvarish va sug‘orishga alohida e’tibor qaratiladi, deyiladi xabarda.

Avvalroq shaharni obodonlashtirish xizmati xodimlari dekabr oyida viola gulini ekishgan.

Tanqidlarga javoban bu gullar sovuqqa chidamli ekanligini, shuning uchun ularni qishda ham ekish va «yilning eng sovuq oylarida» go‘zalligidan bahramand bo‘lish mumkinligini ta’kidladi hokimlik.

Shuningdek