Tolibon O‘zbekistonga elchi jo‘natadi

eʼlon qilindi
Qachon yuborishi noma’lum
Rasm:AP / Rahmat Gul

Tolibon maʼmuriyati Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Ozarbayjonga elchilarini yubormoqchi, dedi Afgʻoniston Islom Amirligining rasmiy vakili (Tolibon oʻzlarini shunday ataydi) Zabihulloh Mujohid ToloNews’ning savoliga javob berar ekan.

Mujohid aynan qachon bu sodir bo’lishini aytish qiyin dedi.

Shu paytgacha Tolibon bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan yagona davlat o‘tgan yilning sentabrida Qobulga o‘z elchisini yuborgan Xitoydir.

Mutaxassislarning fikricha, Tolibon tomonidan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjonga elchilar tayinlanishi davlatlararo munosabatlarga foyda keltiradi.

Shuningdek