Uchta viloyat hokimlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Ikki viloyatda moliya-xo‘jalik masalalari bo‘yicha yangi rahbarlar tayinlandi
Rasmda Rustam Sulaymonov

O‘zbekistonning Navoiy viloyatida Rustam Sulaymonov hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari bo‘ldi.

Bu lavozimga tayinlangunga qadar «Mikrokreditbank» boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Hokimning yangi o‘rinbosari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, shuningdek, Bank-moliya akademiyasini tamomlagan, iqtisodchi.

Rasmda Sherzod Rajabov

Sherzod Rajabov Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiy masalalar va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Termiz davlat universitetini, shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti boʻyicha iqtisodchi.

Yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Qiziriq tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Rasmda Ziyoda Aminova

Ziyoda Aminova Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi. Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.

U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan. O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

Shuningdek