Yangiliklar

ADM Jizzakh O’zbekiston avtomobil bozorining 25 foizini eggalamoqchi

2022-yilda bu ko‘rsatkich 5,5 foizni tashkil qilgan edi
Rasm: «Yangi O‘zbekiston»

ADM Jizzakh O‘zbekiston avtomobil bozorining 25 foizini egallash niyatida, deb xabar bermoqda «O‘zbekiston 24» telekanali kompaniya bosh direktori Doniyor Davletyarovga tayanib.

Ushbu maqsadga erishish uchun kompaniya yangi mutaxassislarni tayyorlashni rejalashtirmoqda. Davletyarov bu Oʻzbekiston iqtisodiyotiga qoʻshilgan hissa boʻlishini qoʻshimcha qildi.

Bugungi kunda ADM Jizzakh zavodlarida «Haval», «Chery» va «Kia» avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. Kompaniya joriy yilning birinchi choragida umumiy qiymati $300 mln ortiq yangi ishlab chiqarish binolarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Gazeta.uz portali xabar berishicha, o‘tgan yili mamlakatimiz avtomobil bozorida UzAuto Motors ulushi 81 foizni tashkil etgan bo‘lsa, ADM Jizzakh’da bu ko‘rsatkich 5,5 foizni tashkil etgan.

Avvalroq «Kursiv» ADM Jizzaxda 348 turdagi komponentlar mahalliylashtirilgani haqida yozgan edi.