Toshkentdagi «Humo Arena» majmuasida professional boks boʻyicha IBA «Chempionlar oqshomi» oʻtkazildi. Mazkur kechada 8 ta jang oʻtkazilib, ushbu bahslarning markaziy jangi IBA kamari uchun Hasanboy Doʻsmatov va Samuel Karmona (Ispaniya) oʻrtasida boʻlib oʻtdi.
IBA kamari uchun oʻtkazilgan Hasanboy Doʻsmatov va Samuel Karmona oʻrtasidagi jang 10 raund davom etdi. Hasanboyning texnikasi va uning tezkor hamda aniq zarbalari raqibiga qiyinchilik tugʻdirdi. Yakunda Doʻsmatov zafar quchdi. Mazkur gʻalaba Hasanboy Doʻsmatovga IBA chempionlik kamarini taqdim etdi.
Maʼlumot uchun, Doʻsmatov Olimpiada chempioni, jahon chempionatlarining oltin va kumush medali sovrindori, shuningdek, bir qancha Osiyo chempionatlari sovrindori hisoblanadi.
Avvalroq «Kursiv» oʻzbekistonlik uch nafar bokschi Olimpiada oʻyinlari uchun yoʻllanmaga ega chiqqani haqida xabar bergan edi.