Mirziyoyev sirdaryolik oqsoqolga Chevrolet Tracker avtomobilini sovgʻa qildi

eʼlon qilindi
Otaxon uzum yetishtiradi
Rasm: O‘zA

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanilik bog‘bon Tursunboy Aripovga Chevrolet Tracker avtomobilini sovg‘a qildi, deb xabar bermoqda O‘zA axborot agentligi.

2011-yilda nafaqaga chiqqan Aripov uzum yetishtirishni boshladi.

Aripovning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari mart oyida Sayxunobod tumaniga tashrif buyurganida undan uzumchilarga murabbiy bo‘lishini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida O‘zbekiston prezidenti Namangan viloyatida uzoq umr ko‘rgan Ibrohimjon Xo‘jaevga Chevrolet Traverse avtomobilini sovg‘a qilgan edi.

Avvalroq «Kursiv» Surxondaryo viloyati fermerlari Misrga dam olishga ketishgani haqida yozgan edi.

Shuningdek