Oltin narxi Yaqin Sharqdagi mojarolar tufayli yuqori darajaga qaytdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Investorlar mojaro kuchayishidan xavotirda
                    
                            
Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayishi oltin narxining oshishiga olib keldi. Qimmatbaho metalning narxi 0,6 foizga oshdi va maksimal qiymatiga qaytdi, deb xabar berdi Trading Economics portali.
Dushanba kuni Toshkent vaqti bilan 07:08 holatiga ko‘ra oltinning untsiyasi jahon bozorida $2359 atrofida bo‘lgan.
Eronning Isroilga hujumi treyderlarning Yaqin Sharqdagi mojaroning kuchayishi sabab xavotirni kuchaytirdi, bu esa oltinni oʻz ichiga olgan «xavfsiz aktivlari»ga talabni oshirdi.
Avvalroq «Kursiv» bir kun oldin Eron Isroilga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazgani haqida yozgan edi.
