Oltin narxi Yaqin Sharqdagi mojarolar tufayli yuqori darajaga qaytdi

eʼlon qilindi
Investorlar mojaro kuchayishidan xavotirda
Rasm: EdZbarzhyvetsky/Depositphotos

Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayishi oltin narxining oshishiga olib keldi. Qimmatbaho metalning narxi 0,6 foizga oshdi va maksimal qiymatiga qaytdi, deb xabar berdi Trading Economics portali.

Dushanba kuni Toshkent vaqti bilan 07:08 holatiga ko‘ra oltinning untsiyasi jahon bozorida $2359 atrofida bo‘lgan.

Eronning Isroilga hujumi treyderlarning Yaqin Sharqdagi mojaroning kuchayishi sabab xavotirni  kuchaytirdi, bu esa oltinni oʻz ichiga olgan «xavfsiz aktivlari»ga talabni oshirdi.

Avvalroq «Kursiv» bir kun oldin Eron Isroilga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazgani haqida yozgan edi.

Shuningdek