Oʻzbekiston va Kuvayt o‘rtasida 2024–2026-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi imzolandi

eʼlon qilindi
Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi
Foto O‘zbekiston TIV

2024-yilning 14-aprel kuni Oʻzbekiston respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuvayt davlati tashqi ishlar vaziri Abdulloh Ali al-Yahyo bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda TIV rahbarlari hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash, investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, barcha sohalarda almashinuvlarni jadallashtirish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, tomonlar sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish va hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash yoʻllarini kelishib oldi. Shu bilan birga, Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2024–2026-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

Avvalroq «Kursiv» Ayubxon Yunusov Oʻzbekistonning Kuvaytdagi elchisi etib tayinlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek