Samarqandda Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari sammiti bo‘lib o‘tadi

eʼlon qilindi
Keyingi yilda
Rasm: O‘zR TIV

 «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari» strategik muloqotining ikkinchi sammiti 2025-yilda Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 15-aprel kuni Toshkentda Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Sammitda tashqi ishlar idoralari rahbarlari siyosat, iqtisodiyot, sarmoyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, tashqi ishlar vazirlari Afgʻoniston, Isroil va Eron oʻrtasidagi ziddiyat va boshqa mavzularda fikr almashdilar. Tomonlar umumiy qadriyatlar va o‘zaro manfaatlarga asoslangan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashda hamfikr ekanliklarini ta’kidladilar.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston Isroil va Eronni urushni to‘xtatishini chaqirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek