Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan sobiq avtobaza 105 mlrd so‘m evaziga sotildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
Kim oshdi savdosi E-auksion elektron platformasida bo‘lib o‘tdi va auksionda yetti nafar talabgorlar ishtirok etishdi. G‘olib Evro Tyres Universal bo‘ldi, u avtobaza uchun eng yuqori narxni taklif qildi.
Davlat komissiyasi mazkur obyektni xususiylashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan savdolar natijalarini tasdiqladi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston rasmiylari 2025-yil oxirigacha strategik xorijiy investorlarga uchta bankni sotishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.