YeTTB birinchi marta O‘zR’dagi mikromoliya tashkilotiga kredit ajratadi

eʼlon qilindi
summa $4 million tashkil qiladi
Rasm: Reuters

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) ilk bor O‘zbekiston mikromoliya tashkiloti (MMT) – Fortuna Biznes Mikromoliya Tashkilotiga $4 million miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi, deb xabar beradi moliya tashkiloti sayti.

Mablag’lar kompaniyaga xususiy mikro, kichik va o’rta korxonalarni kreditlashni kengaytirish imkonini beradi. Shuningdek, YeTTB tomonidan moliyalashtirish MMT’larga O‘zR hududlarida yangi mijozlarni jalb qilishda yordam beradi.

Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri (KTYDR) maʼlumotlariga koʻra, «Fortuna Biznes Mikromoliya Tashkiloti» aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali 140 mlrd soʻmni tashkil etadi.

Rasm: KTYDR

MMT’dagi asosiy ulush (96 foiz) Ahror Haydarovga, 3 foizi Ulug‘bek Mahmudovga, 0,5 foizdan Akmal Jalilov va Qodirjon Ismoilovga tegishli.

Kompaniya 2018-yildan buyon respublika mikrokredit bozorida faoliyat yuritib kelmoqda. 2022-yil yakuni bo‘yicha uning sof foydasi 127 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yil mart oyi oxirida Markaziy bank Effective Money Mikromoliya Tashkiloti kompaniyasini mikromoliya tashkilotlari registriga kiritganini yozgan edi.

Shuningdek