16-aprel kuni respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘ladi

eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda sel kelishi va qor ko‘chishi xavfi bor
Rasm: depositphotos.com

Bugun, 16-aprel kuni O‘zbekistonda havo iliq bo‘ladi va yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli bor. Havo harorati 20-25 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zgydromet.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi. Ertalab va kechasi biroz yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi quruq havo kuzatiladi. Havo harorati kunduzi 19-21 iliq va kechasi10-12 daraja iliq bo‘ladi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida yomg‘ir, qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Kunduzi havo 7-12 iliq, kechasi esa 3-8 daraja iliq bo‘ladi. 

Shuningdek