Fond bozordagi vaziyat: Yaqin Sharqdagi mojaro neft narxining oshishiga olib kelmadi

eʼlon qilindi
Oltin va kumush narxlari sezilarli darajada oshdi
Foto: Unsplash

15-aprel, dushanba kuni Yaqin Sharqdagi mojaro tufayli jahon bozorida neft narxining keskin oshishi haqidagi xavotirlar biroz yumshadi. Bozor ishtirokchilari Isroil hukumati Eronning hujumiga javob qaytarishdan tiyilishlariga umid qilmoqda. Bu haqda Trading Economy portal xabar bermoqda.

Unga koʻra, Toshkent vaqti bilan soat 6:40 da Brent nefti bir barreli uchun $90,7 dan (0,32 foizga oʻsgan) sotilyapti. WTI bo‘lsa, $86 ga (oʻsish 0,33 foiz) baholanmoqda.

Oltin narxi tarixiy eng yuqori koʻrsatkichlarga yaqin: bugun, 16-aprel kuni ertalab bir unsiya taxminan $2380 ni tashkil qildi. Shuningdek, kumushning narxi ham oshmoqda: unsiyasi $28 dan qimmatroqqa yetgan. Qimmatli metallarga geosiyosiy keskinliklar fonida xavfsiz aktivlar sifatida qaralmoqda.

Shuningdek, 16-aprel kuni ertalab Apple (0,22%), Tesla (0,65%), Microsoft (0,15%), Amazon (0,34%), Meta (2,13%), Visa (1,95%) kompaniyalarining aksiyalarida pasayish kuzatildi. Intel (1,68%) va Goldman Sachs (2,95%) qimmatli qogʻozlari oʻsgan.

Avvalroq «Kursiv» Yaqin Sharqdagi mojaro tufayli oltin narxi maksimal darajaga qaytgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek