Oʻzbekiston fuqarolari Latviyaga ishga tashkil qilinmoqda
![](https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/04/depositphotos_45096073-stock-photo-aerial-view-of-riga-center.webp)
Oʻzbekistonlik payvandchilarga Latviyada 1000 yevrodan ortiq ish haqi taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.
Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar:
MIG, MAG, TIG, TUV, MMA texnologiyasida payvandlash koʻnikmasi va payvandlash boʻyicha sertifikat yoki diplom;
Payvandchilik boʻyicha kamida 3 yillik tajriba;
Rus tilida erkin muloqot qilish (ingliz tilini bilish ustunlik beradi);
22-45 yosh;
sudlanmagan;
jismonan sogʻlom;
sinov muddati 3 oy.
Afzalliklar:
Ish haqi oyiga 1080 yevro (soliqlar ushlangandan keyin);
Aeroportdan yashash joyigacha transfer;
Fuqaro hisobidan:
Turar joy;
Oziq-ovqat;
Sugʻurta;
Avia chipta;
Agentlik xarajatlari.
Roʻyxatdan oʻtish Tashqi mehnat migratsiyasining veb-saytida 16-aprel soat 15:00 dan 26-aprel soat 15:00 gacha davom etadi.
Avvalroq «Kursiv» oʻzbekistonlik hamshiralar Buyuk Britaniyaga maoshi $3 mingdan boshlanadigan ishga taklif qilingani haqida xabar bergan edi.