Yangiliklar

Oʻzbekiston fuqarolari Latviyaga ishga tashkil qilinmoqda

Oylik maosh 1080 yevroni tashkil qiladi
Foto: DmitryRukhlenko / https://depositphotos.com

Oʻzbekistonlik payvandchilarga Latviyada 1000 yevrodan ortiq ish haqi taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar:

MIG, MAG, TIG, TUV, MMA texnologiyasida payvandlash koʻnikmasi va payvandlash boʻyicha sertifikat yoki diplom;

Payvandchilik boʻyicha kamida 3 yillik tajriba;

Rus tilida erkin muloqot qilish (ingliz tilini bilish ustunlik beradi);

22-45 yosh;

sudlanmagan;

jismonan sogʻlom;

sinov muddati 3 oy.

Afzalliklar:

Ish haqi oyiga 1080 yevro (soliqlar ushlangandan keyin);

Aeroportdan yashash joyigacha transfer;

Fuqaro hisobidan:

Turar joy;

Oziq-ovqat;

Sugʻurta;

Avia chipta;

Agentlik xarajatlari.

Roʻyxatdan oʻtish Tashqi mehnat migratsiyasining veb-saytida 16-aprel soat 15:00 dan 26-aprel soat 15:00 gacha davom etadi.

Avvalroq «Kursiv» oʻzbekistonlik hamshiralar Buyuk Britaniyaga maoshi $3 mingdan boshlanadigan ishga taklif qilingani haqida xabar bergan edi.