ChatGPTʼning xitoycha analogi foydalanuvchilarining soni 200 mlndan oshdi

eʼlon qilindi
Amerikaning OpenAI kompaniyasining ChatGPT auditoriyasi 100 millionni tashkil qiladi
Foto: Florence Lo / Reuters

Baidu kompaniyasining Ernie sunʼiy intellekt chat-boti 200 milliondan ortiq foydalanuvchini jalb qildi va Xitoyda eng ommabop sunʼiy idroklardan biriga aylandi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ernie chat-boti sakkiz oy oldin ommaga taqdim qilingan. Oxirgi marta Baidu oʻzining chat-bot foydalanuvchilari soni haqida dekabr oyida xabar bergan edi. Oʻshanda beri foydalanuvchilar soni ikki baravarga oshdi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Baidu matnlarni umumlashtirish va ingliz va xitoy tillarida savollarga javob berishi mumkin. Shuningdek, foydalanuvchilar resursdan kuniga koʻp marotaba foydalanayotgani aytildi.

Maʼlumot uchun, Amerikaning OpenAI kompaniyasiga tegishli ChatGPT’ning auditoriyasi 100 millionni tashkil qiladi.

Avvalroq «Kursiv» Ernie loyihasining ishga tushirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek