NATO mutaxassislari Oʻzbekiston Qurolli kuchlari kursantlari uchun brifing oʻtkazdi

eʼlon qilindi
Oʻquv-uslubiy mashgʻulotlar 20-aprel kuniga qadar davom etadi.
Foto: Mudofaa vazirligi

Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) mutaxassislari Oʻzbekiston respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, dastlab delegatsiya aʼzolariga Markazning oʻquv-moddiy bazasi va oʻquv xonalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirilgan. Shundan soʻng Markazning Madaniyat va maʼrifat markazida mehmonlar oʻzaro tanishuv suhbati hamda masʼul shaxslar ishtirokida brifing oʻtkazildi.

Shuningdek, Markazda tahsil olayotgan kursantlar uchun NATOga aʼzo davlatlarda serjantlarni tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha bir qator mavzularda mashgʻulotlar tashkil etilish boʻyicha oʻzaro fikrlar almashildi.

Mazkur hamkorlikdagi oʻquv-uslubiy mashgʻulotlar 20-aprel kuniga qadar davom etadi.

Avvalroq «Kursiv» AQSh prezidenti Jo Bayden Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutteni NATO bosh kotibligi nomzodiga qoʻllab-quvvatlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek